DR. FLU пастилки N60

DR. FLU пастилки N60


Подробная информация о препарате



Информация, опубликованная на сайте, предназначена для специалистов. Обязательно проконсультируйтесь со специалистом, чтобы не нанести вред своему здоровью!


Состав и форма выпуска

Chiqarilish shakli:  so‘rish uchun pastilkalar 4,5 g
Tarkibi:
Faol moddalari
Xitoy prutnyagi  (Vitexnegundo)  - 100 mg
Mentol (Menthol)              -  11,12 mg
Evkalipt moyi  (Eucalyptus Oil)  - 0,0044 ml
Yalpiz moyi  (PeppermintOil) –   0,0011 ml
Yordamchi moddalar
Qand,  suyuq glyukoza, apel'sin, limon hushbo‘yi.

Фармокологическое действие

Xitoy prutnyagi oziq-ovqatga qo‘shimcha va kastisin, D-fruktoza, S vitamini, efir moylari (pal'mitin kislotasi), flavonoidlar, glikozidlar, yog‘da eruvchan flavonlar va o‘rnini bosa olmaydigan yog‘ kislotalari manbai hisoblanadi.
Ular yallig‘lanish prosesslarini boshlaydigan omillar - prostaglandinlarni biosintezini ingibisiya qilishga, bronxial bezlarni sekresiyasini yaxshilashga, ayollar jinsiy gormonlarini normal darajasini saqlashga qodir, me'da-ichak trakti funksiyasiga, diurezga ta'sir ko‘rsatadi.
Yalpiz moyi qatronlarga, organik kislotalarga, oshlovchi moddalarga, fitosterollarga, yog‘ kislotalariga, terpenlarga, A vitamini, V guruhi vitaminlari, mikro va makroelementlar va mentolni faol komponentlariga boy. Kompleksni oxiridagisi boshqa fitonutrientlar bilan birga burun, hiqildoq va og‘iz shilliq qavati reseptorlarini sezuvchanligini kamaytiradi, patogen mikroblarni o‘sishini bostiradi. Mentolni shilliq qavatni reseptorlariga sovituvchi ta'siri ta'sirlanish va qichishishni kamayishiga olib keladi.
Evkalipt moyi – evkalipt moyini samarasi uni tarkibidagi yuqori miqdordagi sineol, kamfen, pinen, flavonoidlar, oshlovchi moddalar va organik kislotalar bilan ifodalanadi. Ular yallig‘lanish omillarini sintezini alohida qismlarini bostiradi, immunitetni tashkil qiluvchi omillarni faollashtiradi.

Лекарственная форма

6 ta pastilkadan blisterda, 10 blister qutida davlat va rus tilida qo‘llanishi bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan.

Особенности продажи

Reseptsiz.

Особые условия

BFQ dori vositasi emas.
Bioqo‘shimcha sog‘lom tarzda xayot kechirish doirasida qo‘llanishi  va turli xil va balanslangan ovqatlanishni o‘rnini bosmasligi kerak.
Tavsiya etilgan sutkalik normani oshirib yubormang. Bolalar ololmaydigan joyda saqlang.

Показания

Dr.Flu ning  faol komponentlari  o‘zining foydali hususiyatlari va samaralari bilan birgalikda avvalambor nafas a'zolarini fiziologik funksiyalarini normal ta'minlanishiga tavsiya qilinishi mumkin: bronxlar, tomoq va burunhiqildoqni shilliq massalardan, ajralmalardan tozalanishini yengillashtirishi, nafas sistemasini gigienik holatini saqlashi, shilliq qavatlarda patogen mikroorganizmlarni rivojlanishini bostirilishi va nafasni yengillashtirishi.
Shuningdek, yurak va tomirlar tonusini faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va to‘qimalarni ozuqa moddalari va kislorod bilan to‘yintirishi va normal qon aylanishi uchun tavsiya qilinadi.
Dr.Flu faol komponentlari kompleksi mustahkam immunitetni va organizmni salbiy omillarga (juda sovib ketganda, shamollash, infeksiya) qarshiligini ta'minlash uchun foydali.
Dr.Flu bioqo‘shimchasini  qo‘llaganda yuqori nafas  yo‘llarini  sog‘lomligini qo‘llab-quvvatlanishi organizmni umumiy holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Противопоказания

Tarkibida ko‘rsatilgan moddalarga allergiya  va BFQ ga individual o‘zlashtiraolmaslik bo‘lganda, homiladorlik  va emizikli ayollarda, 12 yoshgacha bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Особые условия хранения

Quruq hona haroratida, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Дозировка

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 1 so‘riladigan pastilkadan kuniga 2-3 marta.

Предыдущая: DR. KOFF пастилки со вкусом апельсина 4,5г N60
Следующая: МОТИНОРМ капли для приема внутрь 5мл

Препараты от производителя